Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iroq harbiy razvedkasi mamlakat shimolida IShID terrorchilik guruhiga qurol-yarog‘ yetkazib beruvchi asosiy shaxslardan biri qo‘lga olinganligini ma’lum qildi. Bu haqda harbiy razvedka boshqarmasi bayonotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Maxsus operatsiya davomida Naynav viloyati tezkor qo‘mondonlik harbiy razvedka xizmati otryadlari xavfsizlik masalalarini nazorat qilgan IShID rahbariyati a’zolaridan birini qo‘lga oldi”, — deyiladi xabarda.

Boshqarmaning aniqlik kiritishicha, qo‘lga olingan IShID a’zosi Spayker aviabazasidagi qirg‘inda ishtirok etgan eng xavfli terrorchilardan biri hisoblanadi. U, shuningdek, IShIDni ta’minlab turgan asosiy qurol-yarog‘ savdogaridir.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar