Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Karolinada Mega Millions jek potida 1,5 milliard dollar yutib olgan shaxs o‘z yutug‘ini olib ketish uchun murojaat qildi, biroq u anonim qolishni afzal ko‘rdi, deb yozadi “ForumDaily”.

Foto: Depositphotos

Foto: Depositphotos

Omad egasi deyarli 878 million dollarni bir martalik naqd pul ko‘rinishida olishga qaror qilgan, natijada ushbu yutuq AQSh tarixida bir kishi olgan eng katta sovrin bo‘ldi.

Yutuqli chipta 2018-yilning 23-oktabr kuni e’lon qilingan, biroq uning egasi shu kungacha lotereya tashkilotchilari bilan bog‘lanmagan.

Xabarda aytilishicha, Janubiy Karolina shtati yutuq egasidan 61 million miqdorida daromad solig‘i oladi.

Yutuqli chipta Janubiy Karolinaning Simpsonvill shahridagi KC Mart do‘konidan sotib olingan bo‘lib, do‘konga ham yutuqli chipta sotgani uchun 50 ming dollar belgilangan.

G‘olib bo‘lgan shaxsning aytishicha, chipta olish paytida bir xaridorni Mega Millions chiptasini olish uchun navbatsiz o‘tkazib yuborgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi