Shotlandiyaning Xeriot-Uott universiteti olimlari qo‘shimcha moslamalarsiz metall va shishani payvandladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Naked-science

Ilgari ushbu materiallarning termal xususiyatlari sabab payvandlashning iloji yo‘q edi. Yuqori haroratda shisha tezda kengayib, yorilib ketadi.

Yangi payvandlash jarayoni yordamida olimlar kvarts, borosilikat va sapfir shishani po‘lat, alyuminiy va titanium bilan birlashtirgan. Materiallar yuqori quvvatli pikosoniyali lazer pulslari yordamida payvandlanadi, bu materiallarni bog‘laydigan plazma quyqasini hosil qiladi.

Olimlar payvandlashning sanoat tizimi prototipini ishlab chiqmoqda.