AQShning Yuta universiteti olimlari Darvinning nazariyasi turlarning paydo bo‘lishini to‘g‘ri tasvirlab berganini isbotladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Adapted from Bush

Mutaxassislar turlarning tashqi ko‘rinishi va xulq-atvoridagi o‘zgarish ularning yashash tarziga bog‘liq ekanini isbotlagan. Olimlar to‘rt yil davomida tajriba o‘tkazib, kerakli natijaga erishgan.

Tadqiqotchilar faqat ikki turdagi jonzot, ya’ni kabutar va bitning Columbicola columbae turidan foydalangan. Qushlar koloniyasi patlarining rangi bilan guruhlarga bo‘linib, bir-biridan ajratib qo‘yilgan. Hasharotlar esa qushning rangiga moslashishi kerak edi. Bitning rangi patning rangidan yaqqol farq qilgani sabab, u tezroq o‘lgan va nasl qoldirmagan.

Bitlar to‘rt yil davomida kabutar patining rangiga moslashishni o‘rgangan.