Qozog‘istonda bortida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus yo‘l chekkasidagi ariqqa qulab tushdi. Bu haqda Qozog‘iston IIV Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasining matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi Sputnik.
Mikroavtobusda 15 kishi bo‘lgan. YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Yo‘lovchilar Jimpiti posyolkasidagi isinish punktiga evakuatsiya qilingan.
Avariya haydovchi qor qoplagan Samara—Chimkent trassasida boshqaruvni yo‘qotganligi sababli yuz bergan.
Izoh (0)