Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

4-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Foto: “Turon 24”

Foto: “Turon 24”

Farg‘ona Politexnika instituti talabasi o‘zini osib qo‘ydi.

4-mart kuni Farg‘ona Politexnika instituti Qurilish fakulteti 2-bosqich talabasi I.N.ning institut hududidagi daraxtga osilgan jasadi topilgan.

***

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi arzonlashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari — 8392,96 (-10,23) so‘mga teng bo‘ldi.

***

Fevral oyida inflyatsiya 1,6 foizni tashkil qildi.

O‘zbekiston iste’mol bozorida tovar va xizmatlar narxi fevral oyida o‘rtacha 1,6 foizga o‘sdi.

Bir oyda mahsulotlar 1,8 foizga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlar — 2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari — 1,5 foizga o‘sgan. Xizmatlar 0,8 foizga qimmatlagan. Taqqoslash uchun: 2018-yilning fevral oyida tovarlar narxi 1,2 foizga, xizmatlar — 0,7 foizga o‘sgan.

***

Xonanda Lola Yo‘ldosheva Instagram’dagi sahifasida obunachilarining erkaklar haqidagi savollariga keskin javob qaytardi.

“Er — zolim odam yoki diktator emas. Sizning xo‘jangiz ham emas. Turmush o‘rtog‘ingiz sizning do‘stingiz, hamkoringiz, farzandlaringizni otasi, sevimli va eng yaqin insoningiz”, — deb yozdi u.

***

Chiroqchida tug‘ilgan Shavkat, Miromon va Mirziyolarning otasiga Spark berildi.

Prezident sovg‘asini bugun, 4-mart kuni viloyat hokimligi vakillari va tuman hokimi Rustam Jo‘raqobilovlar tantanali ravishda topshirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar