Xonanda Lola Yo‘ldosheva Instagram’dagi sahifasida obunachilarining erkaklar haqidagi savollariga keskin javob qaytardi.

Foto: Instagram/ @Lola Yuldasheva

“Xayrli tong! Qizlar, kechagi muloqotimizdan keyin juda xafa bo‘lib ketdim. Savollaringizning yarmidan ko‘pi qaysi mavzuda ekanligini bilasizmi? Erim meni kamsitayotgan bo‘lsa nima qilish kerak? Erimni yaxshi ko‘rmasam, u ham menga befarq bo‘lsa nima qilish kerak? Erim menga qo‘l ko‘tarsa nima qilish kerak? Erim o‘qishga va ishlashga ruxsat bermasa nima qilish kerak?

Azizlarim, bu kabi muhim mavzularda maslahatlar berish uchun ruhshunos emasman, Dalay-lama ham emasman, biroq sizlarning xabarlaringizni o‘qish men uchun og‘riqli.

Alloh tomonidan tuhfa qilingan Yagona hayotingizni qaysi paytgacha ortga surmoqchisiz? Axir onangiz shu uchun sizni asrab, bag‘rida o‘stirib, kechalari nafas olishingizga quloq tutib uxlamay chiqqanmi? Sizning hayotingiz — bu in’om. Siz esa uni o‘zingizni kamsitishlari va aldashlariga yo‘l qo‘yib sarflamoqdasiz.

Bu qurbonliklar kimga kerak? Bizning tarbiyamiz ko‘pchiligimizning taqdirimizga yomon ta’sir qilgan. Bu xatolarni hech bo‘lmaganda qizlaringiz bilan takrorlamang. Baxtli onasi ular uchun o‘rnak bo‘lsin. Er — zolim odam yoki diktator emas. Sizning xo‘jangiz ham emas. Turmush o‘rtog‘ingiz sizning do‘stingiz, hamkoringiz, farzandlaringizni otasi, sevimli va eng yaqin insoningiz.

Sizning fikrlashingiz yoki hayotingizni o‘zgartira olmayman. O‘zingizni qadrlash faqat o‘z qo‘lingizda va yolg‘iz o‘zingiz qanday hayotga loyiq ekanligingizni hal etasiz… Ortiqcha gapirib yuborgan bo‘lsam, uzr so‘rayman… Sizni quchaman…”, — deb yozdi xonanda sahifasida.