Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tadbirkorlik faoliyatida shaffoflikni oshirish uchun Toshkentda bir qator ishlar amalga oshirildi, bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Buning natijasida o‘tgan yili poytaxtda “konvertlarda” ish haqi olgan 2,6 ming kishi rasmiy ravishda ish bilan ta’minlangan.

“Hozir ushbu mutaxassislar rasman soliq to‘lovchilardir, bu nafaqat 2019-yilning birinchi choragida budjetni 810 million so‘m bilan to‘ldirishga, balki ushbu shaxslarning ijtimoiy himoyasiga ham o‘z hissasini qo‘shadi”, — deyiladi xabarda.

Ayni damda O‘zbekistonda 5,8 million kishi rasmiy ish bilan ta’minlangan. Mamlakatning faol aholisi 13,2 million kishi bo‘lsa, ularning yarmidan ko‘pi “konvert”da oylik oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar