O‘zbekistonlik Jasmin Davletova Miss USSR xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etish uchun o‘z ishini taqdim etdi, deb yozadi Repost.
Tanlov 2012-yildan buyon sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarining qizlari uchun o‘tkazib kelinadi. Ular tanlovda o‘z davlatlari madaniyatini namoyish etadi.
Davletova o‘z roligida 2011-yildan Jmodels Agency modellar maktabining asoschisi ekanligini hikoya qiladi. 2016-yilda uning qizi Oliviya dunyoga kelgan.
Loyiha sahifasida ma’lum qilinishicha, Jasmin kollejda yurisprudensiyadan tahsil olgan, shuningdek mashhur yurist bo‘lishni orzu qilgan. Biroq yarim yildan so‘ng, bunday ish u uchun emasligini tushunib yetgan.
https://www.instagram.com/p/BuGIPHSAMzy/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=embed_loading_state_control
Izoh (0)