• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Layfstayl

    “Umid qilamanki, barcha akulalar o‘lib ketadi”. Donald Trampning eng g‘alati 12 ta odati

    Amerika tarixida ko‘plab bahsli shaxslar bo‘lgan, ammo AQSHning hozirgi prezidentini ko‘pchilik mamlakatdagi barcha siyosatchilar orasida eng shov-shuvli shaxs deb hisoblayapti. Fuqarolar Donald Trampning uzluksiz tvitlarini, uning xotini va bir necha nikohdan tug‘ilgan farzandlari bilan munosabatlarini hamda boshqa g‘alati xatti-harakatlarini hayratlanib kuzatmoqda.

    Tramp narsalarini stol o‘rtasiga qo‘yishni yaxshi ko‘radi

    CNN telekanali videosida ko‘rsatilishicha, Tramp har safar uchrashuv paytida stolga o‘tirganida, stol o‘rtasiga biror narsani qo‘yadi. Bu parhez kola stakani yoki qandaydir taglik bo‘lishi mumkin, hatto istalgan narsa ishlatilishi mumkin. Normandiya orollari universiteti psixologiya professori Kevin Vulkan ta’kidlashicha, bu harakat prezidentga bevosita aloqador bo‘lmagan mavzularda gap ketganda xavotir, nazorat qilish ehtiyoji va zerikish hissini namoyon etadi. Internet foydalanuvchilari bu odatni ortiqcha joy egallashga intilish orqali ifodalanuvchi hukmronlik shakli sifatida baholashmoqda.

    Donald yotog‘ida chizburger yeydi

    Ma’lumki, prezident va birinchi xonim alohida yotoqxonalarda yotishni ma’qul ko‘radi. Buning sababini ular ish jadvallarining mos kelmasligi bilan izohlaydi. Ammo Donald hamma bilgan fastfudga bo‘lgan ishtiyoqini qondirish imkoniyatiga ega. Maykl Volf o‘zining “Alanga va g‘azab: Trampning Oq uyida” kitobida yozishicha, Tramp kechqurunlari televizor ko‘rib, to‘shakda yotgan holda chizburger yeyishni yoqtiradi.

    Prezident fastfudni oddiy restoranlarga qaraganda “ishonchliroq” deb hisoblaydi

    Aytgancha, prezidentning fastfudga bo‘lgan ishtiyoqini betakror ta’mi bilan emas, balki tozalik nuqtayi nazaridan izohlaydi. “Men juda ozoda odamman, deydi Tramp CNN telekanaliga. — Menga tozalik yoqadi, shuning uchun oziq-ovqatni qayerdan olishi noma’lum bo‘lgan joyga borganidan ko‘ra, fastfudga borgan ma’qul deb o‘ylayman”. Shu bilan birga, Donald pitssani har doim pichoq va sanchqi bilan yeyishni afzal ko‘radi, amerikaliklar esa buni g‘alati deb hisoblashadi.

    U kuniga 12 shishagacha diet kola ichadi

    Prezidentning yana bir zararli odati haqida New York Times nashrining Oq uy rahbari hayotidan bir kunni tasvirlagan reportaji orqali ma’lum bo‘ldi. Unda ta’kidlanishicha, Tramp ko‘p miqdorda — kuniga 12 shishagacha diet kola ichadi.

    Tramp muhim hujjatlarni yirtib tashlashni yoqtiradi

    Prezident arxivlari to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, Oq uy ish jarayonini hujjatlashtirish uchun barcha prezident yozuvlarini saqlashi shart. Biroq Donald hujjatlarni o‘qib bo‘lgach, ularni mayda-mayda qilib yirtib, so‘ng polga tashlash kabi eski odatidan voz kecha olmayapti. Bu juda muhim qog‘ozlarga ham taalluqli, shu bois xodimlar jamoasi uzoq vaqt davomida qog‘oz parchalarini xuddi boshqotirmadek yig‘ib chiqishga majbur bo‘ladi.

    Prezident doimo stakanni ikki qo‘llab ushlaydi

    Bu g‘alati odat o‘tgan yilning dekabr oyida tok-shou boshlovchilari va internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi. Tramp yangi milliy xavfsizlik strategiyasini televideniyedagi chiqishi paytida e’lon qilayotganda, stakanni ikki qo‘llab ushladi. Bu holat kuzatuvchilarni uni go‘yo bolaga o‘xshatishga undadi.

    Donald germofobiyadan aziyat chekadi

    O‘zining aytishicha, qo‘llarini “iloji boricha tez-tez” yuvishga intiladi va liftdagi birinchi qavat tugmasini hech qachon o‘zi bosmaydi, chunki u yerda eng ko‘p mikroblar to‘planadi deb hisoblaydi. Bundan tashqari, New York Times xabar qilishicha, televizor pultiga ham faqat Oq uy egasi va texnik xizmat xodimlarigina tegishi mumkin.

    Germofobiya yoki mizofobiya deb ham ataladigan bu holat mikroblar, ifloslik va yuqumli kasalliklardan haddan tashqari qo‘rqishdir. Germofobiyadan aziyat chekadiganlar kuchli xavotirga tushib, xavfli mikroorganizmlar bilan aloqaga kirishishi mumkin bo‘lgan vaziyatlardan o‘zlarini olib qochadi. Bu qo‘rquv ko‘pincha qo‘llarni hadeb yuvaverishda, jamoat joylariga borishdan qochishda va har qanday sharoitda ham tozalikka intilishda namoyon bo‘ladi.

    Prezident yotoqxonasida uchta televizor bor

    Chamasi, Trampga bitta televizor kamlik qilgan, shuning uchun yana ikkitasi qo‘shilgan. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, Donald kechqurun soat oltida yotoqxonasida televizor ko‘radi, ovqatni to‘shakda yeydi va ba’zan telefon qo‘ng‘iroqlari qiladi. New York Times manbalari ma’lum qilishicha, Tramp kuniga kamida to‘rt soat televizor ko‘radi.

    U uchun eng muhim xona — yuvinish xonasi

    New York Times’ga ko‘ra, Trampda “hojatxonalarni, jumladan Oval kabinet yonida ta’mirlagan vannaxonani maqtanishni yaxshi ko‘radi”. Tramp Mauritsio Kattelanning “Amerika” deb nomlangan haykaliga qiziqish bildirmoqda. Bu haykal 18 karatli sof oltindan yasalgan to‘liq ishlaydigan hojatxonani ifodalaydi.

    “Amerika” nomli installyatsiya ilk bor 2016-yilda Nyu Yorkdagi Solomon Guggenxaym muzeyida namoyish etilgan edi. 90 kilogrammdan ortiq og‘irlikdagi, 18 karat oltindan yasalgan unitaz Kattelanning hashamatparastlik va haddan tashqari iste’mol madaniyatiga nisbatan satirik fikr-mulohazasiga aylandi.

    Tramp soch turmagiga mukkasidan ketgan

    Amerika prezidentining g‘alati soch turmagi cheksiz memlar manbaiga aylandi. Biroq Trampning o‘zi orqaga taralgan sarg‘ish sochlariga nihoyatda jiddiy munosabatda. 2016-yildagi miting paytida siyosatchi ancha vaqt soch laki “ilgarigidek emas”ligidan nolidi. “Bugungi kunda soch lakini sepsangiz, u atigi 12 daqiqa ta’sir qiladi”, deya afsus chekdi u. Mish-mishlarga ko‘ra, Donald Vanity Fair jurnali uchun suratga tushish paytida soch turmagini buzmaslik uchun kashmir sviterini qaychi bilan kesishni so‘ragan ekan.

    Prezident it boqmaydi

    So‘nggi 130 yil ichida birinchi marta Oq uy rahbarining hatto bitta ham iti yo‘q. Bu holat ko‘pchilik amerikaliklarda hayrat uyg‘otmoqda.

    U akulalarni yomon ko‘radi

    2011-yilda bo‘lajak prezident haqida maqola e’lon qilindi. Unda aytilishicha, 2006-yilda Nevadada bo‘lib o‘tgan golf musobaqasida tadbirkor o‘z xonasida pijamada o‘tirib, Discovery kanalida “Akulalar haftaligi”ni tomosha qilgan ekan. 

    “U akulalardan qo‘rqadi, deb yozgan muxbir. O‘shanda Donald shunday degandi: ‘Men turli xayriya tashkilotlariga pul beraman, lekin akulalarga yordam beradigan tashkilotlarga hech qachon xayriya qilmayman. Umid qilamanki, barcha akulalar o‘lib ketadi’. U go‘yo ko‘rsatuvga berilib ketgandek edi. Xuddi jinni bo‘lib qolgandek. Bilaman, bu juda g‘alati”, degan muxbir.

    17 iyun, 17:45   Izoh (0)   3508
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Donald Tramp#prezident#AQSH

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kaliforniya gubernatori Tramp, Pentagon va Xegsetni sudga berdi

    10 iyun, 21:20

    Ilon Mask Tramp haqidagi ba’zi postlaridan afsusdaligini bildirdi

    11 iyun, 17:50

    “Bolaligimda nay chalganman, musiqachi bo‘lishim mumkin edi” — Tramp 

    11 iyun, 22:50

    “Kaliforniya gubernatori shtatdagi vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotdi” — Tramp

    12 iyun, 20:05

    Tramp 4 davlat muhojirlarini AQSHdan “haydadi”

    13 iyun, 12:18

    Tramp Isroilning Eronga zarba berishini istamagan — CNN

    13 iyun, 10:47

    Tramp Mask bilan ziddiyat sababli o‘zining Tesla avtomobilini sotmoqchi

    14 iyun, 14:55

    AQSH Apellyatsiya sudi Los Anjelesda Milliy gvardiyadan foydalanishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi 

    13 iyun, 20:25

    Oq uy Mask kompaniyasi bilan tuzilgan davlat shartnomalarini tekshirishga qaror qildi

    14 iyun, 13:25

    “Isroil Eronning AQSH bilan muzokara olib borgan barcha vakillarini yo‘q qildi” — Tramp 

    14 iyun, 12:40

    AQSH armiyasi 250 yilligiga parad o‘tkaziladi

    14 iyun, 17:55

    Markaziy Osiyo davlati ham bor: Tramp 36 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni cheklamoqchi

    15 iyun, 10:46

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    15 iyun, 20:53

    Tramp Isroilga Eron oliy rahnamosini o‘ldirmaslikni buyurdi — OAV

    16 iyun, 09:25

    Makron Grenlandiyaga tashrifi chog‘ida Trampning hududni egallab olish da’volarini tanqid qildi 

    16 iyun, 13:47

    Eron oliy rahnamosi va oilasi bunkerda yashiringan — Iran International

    16 iyun, 12:25

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    AQSHda Tramp ilm-fanni tushunmasligi ta’kidlandi 

    16 iyun, 22:15

    Tramp Kanadada o‘tkaziladigan G7 sammitida Zelenskiy bilan muzokaralar olib boradi

    16 iyun, 23:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.