Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

19—25-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan xalqaro Milan Fashion Week moda haftaligida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Yosh dizaynerlar kengashi a’zolarining modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Foto: Yoshlar media markazi

Foto: Yoshlar media markazi

6 nafar dizaynerning ijod namunalari Milan moda haftaligi tashkilotchilari tomonidan tanlab olindi. Ular orasida “Quyoshli shahar” deb nomlangan to‘plam 15 ta libosdan iborat bo‘lib, asosan milliy matolardan tikilgan.

Foto: Yoshlar media markazi

Foto: Yoshlar media markazi

To‘plam ijodkorlari Yosh dizaynerlar kengashining “Imidj” loyihasi ishtirokchilari hisoblanadi. Mazkur to‘plam Italiya moda mutaxassislari tomonidan yuqori baholanib, Milandagi 2 ta shourum bilan shartnoma tuzish imkonini berdi.

Foto: Yoshlar media markazi

Foto: Yoshlar media markazi

Shuningdek, Elle jurnali moda redaktori Adriana Di Letto bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Haftalik doirasida rengash raisi Dilnoza Umrzoqova moda haftaliklari prezidentlari bilan uchrashdi va ular bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)