Ispaniya dunyodagi eng sog‘lom davlat deb topildi. U reytingda Italiyadan o‘zishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ushbu “Eng sog‘lom mamlakatlar indeksi” reytingi Bloomberg nashri tomonidan tuzilgan.
Unga jami 169 ta davlat kiritilgan. Ro‘yxatdagi barcha davlat sog‘liqning umumiy holatiga ta’sir qiluvchi omillarga mos holda baholangan.
2017-yilgi reytingda Ispaniya oltinchi o‘rinni egallagan edi. Endi esa u birdaniga beshta davlatdan o‘zib ketgan.
Reytingda keyingi o‘rinlarni Islandiya, Yaponiya, Shveysariya, Avstraliya, Singapur, Norvegiya hamda Isroil band etgan.
Ukraina, unga qo‘shni Rossiya va Belarus sog‘liq darajasi ancha past davlat deb topildi.
Izoh (0)