Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vladivostokda o‘zbekistonlik mehnat muhojiri avtomobilda o‘smirni urib yubordi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Podrobno.uz”

Foto: “Podrobno.uz”

“Hodisa 12-fevral kuni ro‘y berdi. Toyota Prius haydovchisi o‘ngga burilish chog‘ida 15 yashar o‘smirni urib yubordi va shundan so‘ng YTH yuz bergan joydan yashirindi. Jabrdiyda oyoq sinishi bilan bilan kasalxonaga yotqizildi”, — deyiladi Rossiya IIVning Vladivostok bo‘yicha boshqarmasi xabarida.

Shahar avtoinspeksiyasi qidiruv guruhi tomonidan Toyota Prius haydovchisi qo‘lga olindi. U 38 yashar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. U haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgani, shuningdek, Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgani aniqlandi. Hozirgi paytda u hibsga olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘smir sog‘ligiga og‘ir shikast yetkazilgani bildirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi