Iroq qurolli kuchlari Suriya bilan chegaradosh viloyatlarda IShIDga qarshi operatsiya boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qildi.
“Operatsiya Suriya chegarasidagi Anbar, Naynava, Saloh-ad-Din viloyatlarining sahrolarida o‘tkaziladi. Piyoda askarlar va aviatsiya jalb qilingan kampaniyadan maqsad — IShID guruhlari qoldiqlarini to‘xtatish va terrorchilar tomonidan xavfsizlikka qo‘yiladigan tahdidning oldini olish”, – dedi general Yahyo Rasul.
Generalning so‘zlari Iroq OAVning go‘yoki, terrochilarning Suriyadan Anbar provinsiyasiga ko‘chib o‘tishi haqidagi xabarlari fonida yangradi. Bag‘doddan esa haligacha rasmiy xabar yo‘q.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)