Argentinalik ayol guruch dalasi orasida g‘alati mavjudotning tanasiga duch keldi va qo‘rqib ketdi. Mavjudot lepidosiren yoki Amerika tanga balig‘i bo‘lishi mumkin, deb yozadi Daily Mail.
Mariya Xuliya Kandotti Santa-Fe provinsiyasining San-Xavyer shahri yaqinida mavjudotga duch kelgan. Ayolning ta’kidlashicha, ilonbaliqqa o‘xshab ketadigan, biroq ajinli teri va odam tishli maxluqqa avval ham duch kelgan.
“U daryodan suzib o‘tib, guruch dalasiga chiqib qolgan. Bu nima ekanligini bilmaymiz, biroq yana bitta shunaqa mavjudotni topdik… Ehtiyot bo‘ling!” — deb yozdi Kandotti ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ko‘lshunoslik milliy institutining olimi Pablo Skarabotti topilma lepidosiren ekanligini ma’lum qilgan. Bu mavjudot o‘pkasi orqali ham, jabrasi orqali ham nafas olishi mumkin. “Ular loyda kichik g‘orlarni qurib, u yerdan yuqoriga chiqmasdan ikki—uch yillab yashashi mumkin”, — deya izohlaydi ko‘lshunos.
Izoh (0)