UEFA tashkiloti Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomini ma’lum qildi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra ushbu nomga “Atletiko Madrid” sardori Diyego Godin loyiq deb topildi. U musobaqa 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida “Yuventus” darvozasiga bitta gol urdi (2:0).
Ushbu nomga Madrid klubi himoyachisidan tashqari Rahim Sterling (“Manchester Siti”), Tiago Alkantara (“Bavariya”) va Jeyson Denayer (“Lion”) da’vogarlik qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)