O‘zbekistonda ilk marotaba O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan xorijiy mamlakatlarda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar uchun Career Bridge loyihasi doirasida videokonferensiya o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot shaklida tashkil etilgan videokonferensiyada Rossiya, Yaponiya, Turkiya va Latviyadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarining ikki mingdan ortiq o‘zbekistonlik bitiruvchisi ishtirok etdi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi onlayn konferensiyada so‘nggi yillarda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga oliy ta’lim tizimida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida taqdimot o‘tkazdi.
Onlayn muloqotda vazirlik xorijdagi o‘zbekistonliklarni oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda ishtirok etishga va O‘zbekiston ravnaqiga birgalikda hissa qo‘shishga chaqirdi.
Izoh (0)