“Shalke-04” yarim himoyachisi Nabil Bentaleb Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan bahsning 1-bo‘limida “Manchester Siti” darvozasiga penaltidan 2 ta gol urdi (2:3).
Gelzenkirxen klubi uchrashuvning 1-bo‘limidayoq 2 ta pealtidan unumli foydalangan mazkur musobaqa tarixidagi ikkinchi jamoa bo‘ldi, deb xabar beradi Gracenote Live.
Bunday holat birinchi marta 2012-yilning 30-aprelida bo‘lib o‘tgan “Barselona”—“Milan” bellashuvida yuz bergandi. Unda kataloniyaliklar 1-bo‘limda 2 ta penaltidan “Milan” darvozasini ishg‘ol qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!