Olimlar me’da osti bezi hujayralari plastikligi va organizmga zaruriyatlariga qarab o‘zgarishi mumkinligini isbotladi. Misol uchun, insulin ishlab chiqarish, garchi avval bunday qilinmagan bo‘lsa ham. Sichqonlardagi diabet shu usulda davolandi.
Hozirgi kungacha odam organizmidagi hujayralar oldindan unga biriktirilgan funksiyani bajaradi deb hisoblanardi. Yevropalik va amerikalik olimlar bunday fikrda emas va ular o‘z qarashlarini isbotladi. Bu haqida Bergen universiteti saytida xabar berildi. Bu esa ko‘plab olimlarning avvalgi qarashlarini rad etadi.
Olimlar me’da osti bezining alfa, beta va delta hujayralariga diqqat qaratdi. Avvallari faqat beta- hujayralari insulin sintez qilishga qodir sanalardi. PDX1 va MAFA transkripsiya faktorlari yordamida olimlar boshqa hujayralarni ham bunga “o‘rgatdi”. Yangi usul sog‘lom va diabet bilan og‘rigan donorlarning hujayralarida o‘z samaradorligini ko‘rsatdi.
Sichqonlarga bu hujayralar ko‘chirib o‘tkazilgandan so‘ng ulardagi diabetni davolashga muvaffaq bo‘lindi. Bundan tashqari, hujayralar bu xususiyatni 6 oydan so‘ng ham saqlab qoldi. Lekin ular qayta olib tashlanganidan so‘ng kasallik o‘z o‘rniga qaytdi.
“Bu shuni anglatadiki, davo uchun bemorning o‘z hujayralaridan foydalanadi. Biz endilikda immun tizimi hujumidan xavotir olmasak ham bo‘ladi”, — deydi Halga Reder.
Rederning fikricha, inson tanasi hujayralaring plastikligi faqatgina me’da osti hujayralari bilan cheklanib qolmaydi. Bu xususiyat boshqa to‘qimalarda ham mavjud.
Hujayralar o‘limi bilan bog‘liq neyrodegenerativ, onologik va yurak- qon tomir tizimi kasalliklarida bu usulni qo‘llash uchun yangi tadqiqotlar kerak bo‘ladi. Lekin bu kashfiyot yuqoridagi kasalliklarni davolashda yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
Yaqinda Niderlandiyada ilk bor nerv to‘qimasi regeneratsiyasi gen terapiyasi yordamida amalga oshirilgan edi. Britaniyalik olimlar esa qandli diabetga qarshi dorilar samaradorligini aniqlaydigan test tizimini taqdim etdi.
Izoh (0)