Mustaqillik yillarida ukrainalik 137 nafar sportchilar boshqa davlatlarning nomidan o‘yin maydoniga chiqa boshlagan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Ukrain sportchilarining ko‘pchiligi Rossiyaga (47 nafar), Ozarbayjonga (25 nafar) va AQShga (12 nafar) ketgan.

Shuningdek, ular Turkiya va Belarusiya (6 nafardan), Germaniya va Isroil (4 nafardan), Portugaliya va O‘zbekiston (3 nafardan), Fransiya, Italiya, Bolgariya, Gruziya, Qozog‘iston, Avtraliyaga (2 nafardan) hamda Yaponiya, Sloveniya, Xorvatiya, Avstriya, Shvetsiya, Slovakiya, Ispaniya, Kanada, Argentina, Latviya, Angliya, Misr va Qatarga (1 nafardan) ketgan.

Kelgusida Rio Olimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi ukrain Natalya Pogrebnyak Rossiya nomidan o‘yinga kiradi.