Moskvaning Zelenograd ma’muriy okrugida yashovchi 36 yashar erkak 12-qavatdan tushib ketib, omon qoldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Uning umurtqasi singani bildirilmoqda. Erkakka vazni (140 kilogramm) yordam berdi, yo‘qsa, 40 metrli balandlikdan qulash oqibati ayanchli bo‘lishi mumkin edi.
U daraxt shabbalariga urilib, qor uyumiga kelib tushdi. Hozirda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Izoh (0)