Rus tilida so‘zlashuvchi xakerlar Xitoy, Shimoliy Koreya va eronlik hamkasblaridan sakkiz marta tezkor ekanligi aniqlandi. Bu haqda CrowdStrike kompaniyasi hisobotiga tayanib, NBC News xabar bermoqda.
Mutaxassislar mashhur hujumlarni tahlil qildi va xakerlik guruhlarini vaqt bo‘yicha tizimlashtirdi. Bunda jinoyatchilar buzib ochilgan tizimlarga kirishi va ma’lumotlarni o‘g‘irlashni boshlashi uchun sarflangan vaqt oralig‘i inobatga olindi.
Tezkorlik bo‘yicha rus tilida so‘zlashuvchi xakerlarga yaqinroq natijani Shimoliy koreyalik xakerlar ko‘rsatgan. Xitoylik xakerlar, o‘z navbatida, yetakchilardan ikki karra sekinroq bo‘lib chiqdi.
Kompaniya, shuningdek, 2018-yilda siyosiy sabablarga ko‘ra faoliyat yurituvchi xakerlar faolligi oshganligini ta’kidlagan.
Izoh (0)