Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi va Toshkent shahar IIBB YHXB hamkorlikda qarzdorliklarni undirish bo‘yicha qo‘shma reyd-tadbir o‘tkazmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
20 kunlik o‘tkazilgan tadbirda undirilgan jarimalar miqdori 8 858 016 935 so‘mni tashkil etdi. Jami bo‘lib 29 452 nafar qoidabuzar aniqlandi.
Toshkent shahar haydovchilarining boshqa viloyatlarda sodir etgan huquqbuzarliklari bo‘yicha 15 883 nafar 4 430 426 124 so‘m jarima undirilgan.
Byuroning Toshkent shahar ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha poytaxtning 20 ta markaziy ko‘chalarida YHXBning patrul xizmat avtomobillarida o‘rnatilgan avtomatik moslama yordamida 20 kunda 11 366 nafar qoidabuzardan 3 808 508 810 so‘m jarima undirilgan.
Targ‘ibot tadbirlari natijasida aniqlangan 5713 nafar qoidabuzardan 1 326 050 414 so‘m jarimalar undirilgan.
O‘tkazilagn reyd natijasida 54 ta avtotransport vositasi jarima maydonchasiga olib ketilgan. Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan 15 ta avto aniqlandi.
Izoh (0)