17-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 22-turi doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kunning dastlabki o‘yini “Ayntraxt F” hamda “Borussiya Myunxengladbax” klublari qarshiligi ostida o‘tdi.
To‘qnashuvning 45-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Danni da Koshtaning goliga Myunxengladbax klubi yarim himoyachi Denis Zakariyaning kiritgan goli bilan javob qaytardi (1:1).
Shu tariqa g‘olib nomi aniqlanmadi va tomonlar 1 ochkoda bo‘lishib oldi.
“Bayer” jamoasi esa o‘z uyida “Fortuna”ni qabul qilib, Haverts hamda Beylining golllari evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Bundesliga
22-tur bahslari
17-fevral, yakshanba
“Ayntraxt F”—“Borussiya M” 1:1
Gollar: 1:0 — 45 da Koshta, 1:1 — 82 Zakariya“Bayer Leverkuzen”—“Fortuna D” 2:0
Gollar: 1:0 — 18 Haverts, 2:0 — 66 Beyli.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)