Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bugun, 17-fevral kuni Turkmaniston Savdo-sanoat palatasining Turkmaniston—O‘zbekiston Ishchi kengashini tashkil etish haqidagi taklifini ma’qullab, farmoyish imzoladi. Bu haqda Turkmaniston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi UzDaily.
Hujjat Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, Turkmaniston va O‘zbekiston biznes doiralari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishga ko‘maklashish, shuningdek, Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida Ishchi kengashini ta’sis etish to‘g‘risidagi kelishuv qoidalarini bajarish maqsadlarida qabul qilingan.
Izoh (0)