15-fevral, juma kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 24-turi doirasida dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida “Frozinone” jamoasini qabul qildi.
Bellashuvda Paulo Dibala (6), Leonardo Bonuchchi (17), Krishtianu Ronaldu (63) ning gollari Turin klubiga g‘alaba keltirdi va klub navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.
A Seriya
24-tur bahslari
15-fevral, juma
“Yuventus”—“Frozinone” 3:0
Gollar: 1:0 — 6 Dibala, 2:0 — 17 Bonuchchi, 3:0 — 63 Ronaldu“Yuventus”: Shesni, Kanselu, Bonuchchi, Kyellini (Kaseres, 70), De Shilyo, Hedira (Pyanich, 81), Bentankur, Emre Jan, Dibala, Manjukich, Ronaldu (Bernardeski, 64)
“Frozinone”: Sportiyello, Goldaniga, Salamon, Kapuano, Zampano (Paganini, 83), Chibsa (Gori, 78), Viviani, Kassata, Molinaro, Siano, Siofani (Pinamonti, 58)
Ogohlantirishlar: Jan (27), Salamon (37), Kapuano (62), Kassata (81), Kanselu (89)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)