Samarqand viloyat hokimligi tashabbusi bilan viloyatda faoliyat yuritayotgan 4 ta teatr jamoasiga Isuzu avtobuslari sovg‘a qilindi. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.

Foto: “Zarnews”

Viloyat musiqali drama teatri qarshisida tashkil etilgan tadbirda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari mamlakatda teatr san’atini ravnaq toptirish borasidagi sa’y-harakatlar aholi, xususan, yosh avlodni kamolga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Foto: “Zarnews”

— Jamoamiz bilan gastrol safarlarida ko‘p bo‘lamiz, — deydi Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori Otabek Mardonov. — Bunda yangi avtobusning xizmati alohida. 2002-yilda berilgan avtobusimiz bor, ammo ta’mirtalab edi. Endi nafaqat shahar-tumanlar, balki qo‘shni viloyatlarga ham gastrol safarlari uyushtirib, spektallar namoyish etish imkoniyati paydo bo‘ldi.