O‘tgan yili Yaponiyada aholiga bepul uylar berish loyihasi boshlandi. Loyihada sakkiz million uy berilgan. Bu haqda Travel Ask xabar berdi.
Gap shundaki, Yaponiyada juda ko‘p tashlandiq uylar bor. Bunday uylar “akiyya” deb ataladi. Ular yillar davomida qarovsiz qolgan.
Yaponlar uy-joy borasida irim-sirimlarga juda ishonadi: ular kimdir vafot etgan yoki o‘ldirilgan uyni sotib olmaydi. Bu e’tiqod shunchalik kuchliki, hatto mamlakatda “behosiyat” ko‘chmas mulk uchun maxsus sayt ham bor.
Yaponiyada tug‘ilish soni ham juda kam. Ko‘p yaponlar yolg‘izlikda hayot kechiradi, oila qurganlari esa faqat bitta farzand bilan cheklanadi. Aynan Yaponiyada dunyodagi eng qari aholi yashaydi. 65 yoshdan oshganlar bu yerda 27 foizni tashkil qiladi.
Shu sabab, aksariyat uylar bo‘sh. Akiyyalar yonida ham hech kim yashashni xohlamaydi.
Shuning uchun hukumat bo‘shab yotgan uylarni ta’mirlashga qaror qilgan. Ko‘p akiyyalar megapolislar yaqinida joylashgan. Shu sabab, aholi zich bo‘lgan shahardagilar shahar chetiga ko‘chishidan umid bor. Uzoq yillardan beri bo‘shab yotgan uylarni xaridorlari uchun qo‘shimcha bonuslar ham va’da qilingan.
Izoh (0)