Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

6-fevral kuni Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi Manfred Eygen 91 yoshida vafot etgan, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: Life.ru

Foto: Life.ru

U eng universal nemis tadqiqotchilaridan va ilmiy jamoatchilik vakillaridan biri edi.

Manfred Eygen 1927-yilda Boxumda tug‘ilgan.

24 yoshida doktorlik dissertatsiyasini yozgan va 1967-yilda, 40 yoshida, ultratez kimyoviy reaksiyalar bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqoti uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.

Ushbu mukofot ingliz olimlari Ronald Norrish va Jorj Porterga ham topshirilgan.

Eygen Maks Plank biofizik kimyo institutining asoschisi sanaladi. Tadqiqotchi badiiy adabiyotlar muallifi hamdir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)