Turkiyaning Istanbul shahrida sakkiz qavatli bino qulab tushdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: “Gazeta.ru”

Favqulodda xizmatlar hodisa joyida qutqaruv ishlarini boshlaganligi xabar qilinmoqda.

Uyga huquq-tartibot organlari xodimlari yuborilgan. Hozirda uyning qulash sababi noma’lumligicha qolmoqda.

Jevizli kvartali rahbari Memish Diliklitashning ma’lum qilishicha, qulab tushgan turar-joy vayronalari ostida 20 dan ortiq odam bo‘lishi mumkin.

Qulagan binoning yerto‘la qavatida atelye joylashgan bo‘lib, unda 25 kishi ishlagan. Shuningdek, uyda 24 ta xonadon bo‘lgan.

Diliklitash bino qulashi oldidan portlash sodir bo‘lmaganligini ta’kidlagan.