• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda eksport hajmlarini oshirish borasidagi vazifalar belgilab berildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-fevral kuni iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda eksport hajmlarini oshirish borasidagi eng muhim vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Unda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, videoselektor orqali joylardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar rahbariyati, yirik kompaniyalar vakillari, elchilar ishtirok etdi.

    Eksport – iqtisodiyot barqarorligining asosiy omili. Valyuta zaxiralarini ko‘paytirishning yagona yo‘li ham eksport hajmini keskin oshirishdir.

    Mamlakatda eksport faoliyatini yengillashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijasida o‘tgan yili eksport hajmi 14 milliard 258 million dollarni tashkil etib, 13,6 foizga o‘sgan.

    Keyingi ikki yilda eksport geografiyasi 50 ta davlatga kengayib, 140 taga yetgan. Eksportga 120 ta yangi turdagi mahsulot chiqarilgan. Eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 56 foizni tashkil etib, hududiy sanoat eksporti qariyb 1,7 barobar o‘sgan.

    Biroq, hali ham mamlakatning eksport salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti.

    Yig‘ilishda Prezident eksportbop mahsulotlar tarkibini diversifikatsiya qilish, eksportda xomashyo bo‘lmagan mahsulotlar ulushini kamida 60 foizga yetkazish zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining 2019—2025-yillarga mo‘ljallangan Milliy eksport strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

    Mazkur strategiya eksportyorlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, Doing Business” reytingida “tashqi savdo” ko‘rsatkichi bo‘yicha yuqori 50 ta mamlakat qatoriga kiritish masalalarini qamrab oladi. Xorij tajbirasidan kelib chiqib, eksport qiluvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston eksportyorlar assambleyasi tashkil etiladi.Videoselektorda eksportni ko‘paytirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etib, bu boradagi ishlarni jonlantirish masalalari muhokama qilindi.

    O‘tgan yili hududiy eksport prognozi bajarilmagani, ayniqsa, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani qayd etildi. Hududiy meva-sabzavot eksporti prognozdan ancha kam bo‘lgani, bironta ham hududda bu boradagi reja bajarilmagani tanqid qilindi.

    Albatta, eksport jahon bozoridagi kon’yunkturaga ham bog‘liq. Xorijiy ekspertlar joriy yilda ham asosiy xomashyo mahsulotlarining jahon bozoridagi narxlari past bo‘lishini prognoz qilishmoqda.

    Shu bois mamlakatda 2019-yilgi eksport prognozi o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga ko‘p etib belgilandi.

    Davlat rahbari eksport prognozini ta’minlashni aniq hisob-kitob asosida tashkil etish, bu borada yangi tizim yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

    Unga muvofiq, avvalo, Respublika eksport shtabi faoliyati tubdan takomillashtiriladi. Ushbu shtabdan vakillar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga biriktiriladi.

    Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘zlari mutasaddilik qiladigan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari tomonidan eksport prognozi bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.

    Respublika eksport shtabi, Bosh vazir o‘rinbosari hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tarmoqlar va hududlar bo‘yicha o‘n kunlik eksport jadvallarini ishlab chiqib, tuzilgan eksport shartnomalarini so‘zsiz bajarish hamda qo‘shimcha kelishuvlar imzolash choralarini ko‘radi.

    Ikkinchidan, har bir hududda eksport bo‘yicha doimiy ishlaydigan viloyat shtablari, tumanlar va shaharlarda ishchi shtablar tashkil etiladi. Ularning mas’ulligida eksportbop mahsulotlar ekinlarini optimal joylashtirish, xo‘jaliklarni sifatli urug‘lar va ko‘chatlar bilan ta’minlash, hosilni nobud qilmasdan yig‘ib olish, saralash, qadoqlash, saqlash va qayta ishlash, mahsulotlarni tashqi bozorga chiqarishgacha bo‘lgan yaxlit tizim yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, ushbu shtablar ichki va tashqi logistika, sertifikatsiya masalalariga, kichik biznes sub’ektlarining eksportini ko‘paytirish, kerak bo‘lsa, aylanma mablag‘lar uchun kreditlar ajratilishiga ko‘maklashadi.

    Ushbu vazifalardan kelib chiqib, har bir viloyat, tuman va shahar shtablari tarkibiga iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, transport, energetika, bojxona, standart, savdo-sanoat palatasi, karantin bo‘yicha respublika idoralarining joylardagi boshqarma va bo‘limlari hamda tijorat banklaridan vakillar kiritiladi.

    Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari ushbu shtablar rahbarlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarma va bo‘limlari ularning ishchi organlari hisoblanadi.

    Hududdagi shtablar eksportyorlar bilan doimiy ravishda ishlab, muammolarini tezda hal qilib borishlari shart, deyildi yig‘ilishda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijalari “onlayn” ma’lumotlar bazasiga kiritilib, nazorat qilib boriladi.

    Uchinchidan, har bir vazir, har bir xo‘jalik birlashmasi rahbari o‘z yo‘nalishidagi korxonalar bo‘yicha, ular tarmoq yoki hududiy korxona bo‘lishidan qat’i nazar, eksport prognozi bajarilishi uchun javob beradi.

    Misol uchun, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi klasterlarda paxta xomashyosini yetishtirishdan boshlab, uni chuqur qayta ishlashga, respublika bo‘yicha barcha tekstil mahsulotlari eksportiga mas’ul bo‘ladi.

    Shu bois tarmoqlarda zamonaviy tejamkor texnologiyalarni qo‘llagan holda, yuqori qo‘shilgan qiymatli tovarlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish muhimligi ta’kidlandi.To‘rtinchidan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimini samarali ishga solib, korxonalarga tashqi bozorlarga chiqishga ko‘maklashadi, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va xatarlarni sug‘urtalash choralarini ko‘radi. Ushbu Milliy tizim faoliyati Eksport shtablari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilishi, eng muhimi, korxonalar bu tizim samarasini sezishi kerakligi qayd etildi.

    Beshinchidan, eksportni ta’minlashda barcha vazirlik va idoralar bevosita qatnashadi. Jumladan, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi elchilar bilan birgalikda xorijiy davlatlardagi bozor talablari va buyurtmalarni aniqlab, eksport shtablariga muntazam taqdim etib boradi.

    Hududlarga biriktirilgan elchilar hokimliklarga tashqi bozorlarda xaridor topish hamda mahalliy korxonalarni xorijiy davlatlardagi ko‘rgazmalarga yuborishga ko‘maklashadi.

    Oltinchidan, transport va logistika xizmatlarini yaxshilashga katta e’tibor qaratiladi.

    Ma’lumki, bu borada 20 dan ortiq xalqaro transport koridorlari va yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilgan, avtomobilda xalqaro yuk tashish bo‘yicha 30 ta davlat bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Lekin logistika va yo‘l infratuzilmasi, chegara bojxona punktlari quvvati tobora o‘sib borayotgan tranzit talablariga to‘liq javob bermayapti.

    Shu bois mutasaddilarga logistika markazlari va yo‘lbo‘yi infratuzilmasini yanada rivojlantirish, chegara bojxona punktlari texnik holati va o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yaxshilash, transport vositalari va yuklarni rasmiylashtirishda axborot texnologiyalarini faol joriy qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Samolyotda yo‘lovchi va tovarlar tashish uchun tarif siyosatini optimallashtirish, xususiy operatorlarga vagonlar parkini tashkil etishda ko‘maklashish, tranzit davlatlardan chegirmalar olish va eksportyorlarga tatbiq etish vazifalari qo‘yildi.

    Yettinchidan, eksport tovarlarini standartlashtirish va sertifikatlash talab darajasida emasligi, aksariyat standartlar jahon andozalariga mos kelmasligi ularni eksport qilishda jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

    Shu bois “O‘zstandart” agentligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sertifikatlash va standartlashtirish bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish topshirildi.

    Yig‘ilishda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishni samarali tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Shu yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan 67 ta tumanda ekinlarini optimal joylashtirish, yetishtirilgan meva-sabzavotlarning kamida 25 foizini eksportga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.

    Mazkur tumanlarda meva-sabzavotchilik klasterlari tashkil etish, shunday mahsulotlarni qayta ishlaydigan zamonaviy korxonalarni ko‘paytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

    – Hamma aniq bilishi kerak: agar eksportbop meva-sabzavotlar sifatli yetishtirilmasa va xorijga yil davomida yetkazib berilmasa, ularning eksportini keskin oshirib bo‘lmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlariga yengillik yaratish maqsadida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Boltiqbo‘yi davlatlari bilan “Yashil yo‘lak” tizimini joriy qilish, karantin xizmatlaridan belgilangan tartibda ruxsatnoma olish orqali Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston, AQSh va Yevropa bozoriga kirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Yig‘ilishda yana bir dolzarb vazifa – xizmatlar eksportini kengaytirish, ayniqsa, turizmni rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tildi.

    Makroiqtisodiy barqarorlik ko‘p jihatdan importni tartibga solishga ham bog‘liqligi ta’kidlanib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, importning tarif va notarif boshqaruv siyosatini takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

    Videoselektorda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari eshitildi.

    06.02.2019, 19:51   Izoh (0)   12882
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda niqob kiyib bosqinchilik qilgan jinoyatchilar kamida 15 yilga qamaldi

    06.02.2019, 19:38

    O‘zbekistonda banklar davlat ulushini qisman saqlab qolgan holda xususiylashtirila boshlaydi

    06.02.2019, 19:14

    Bankomatlar, televizorlar, sotuvchisiz savdo do‘konlari: Toshkent metrosidagi qulayliklar

    06.02.2019, 19:12

    Toshkentda maktab o‘quvchilarining tilla ziraklarini aldab olib qo‘ygan ayolga jazo tayinlandi

    06.02.2019, 18:59

    Jomboydagi tungi reydlar chog‘ida ushlangan o‘quvchi qizlarga murabbiy biriktirildi

    06.02.2019, 18:20

    7-fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

    06.02.2019, 18:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.