Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 5-fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “O‘zavtosanoat” AJ raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov xorijiy avtomobillarni O‘zbekistonga olib kirish uchun belgilangan davlat boji nima sababdan qimmat ekanligiga izoh berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Foto: Daryo

Foto: Daryo

“Agar davlat boji arzonlashtirilsa, bozorga xorijiy ishlab chiqaruvchilar erkin kirib keladi. Biz 200—250 ming avtomobil ishlab chiqaramiz, Volkswagen esa 10 millionta avtomobil ishlab chiqaradi. Kimning mahsuloti zo‘rroq bo‘ladi, kimning mahsulotining tannarxi yaxshiroq bo‘ladi?

Mana xalqaro tajribadan misol keltiradigan bo‘lsak, AQShda elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi 2013-yilda litiy-ionli  akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi Gigafactory’ni qurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Ilon Maskning e’lonidan so‘ng Gigafactory o‘z hududida qurilishiga erishish uchun oltita shtat gubernatori o‘rtasida kurash boshlandi. Kurashda Nevada shtati g‘alaba qozondi. Sababi ushbu shtat Tesla’ga 1,4 milliard dollar miqdorida soliq imtiyozini taqdim etdi. Bu erkin savdo, biznesda teng huquqlilikni ilgari suradigan Amerika Qo‘shma Shtatlarida kuzatilgan holat.

Shuning uchun, xorijiy avtomobillarga davlat bojini tushirishda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish zarur. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har doim himoya qilish kerak”, — deydi Aziz Shukurov.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosarining fikriga ko‘ra, Yaponiya va AQSh kabi rivojlangan mamkalatlar ham o‘z vaqtida monopoliya tufayli o‘sgan.

“Agar Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar tarixiga nazar tashlasak, ular kuchli kompaniyalar, monopoliya ortidan rivojlanganini ko‘rish mumkin. Men monopoliya yaxshi yoki yomon demayman, shunchaki har qanday davlat bu bosqichdan o‘tgan” — deydi “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi