Qo‘shma Shtatlar hech qachon sotsialistik mamlakatga aylanmaydi, deya xabar beradi “TASS”.
Ushbu fikr Donald Tramp tomonidan “Mamlakatdagi vaziyat” yuzasidan AQSh Kongressidaga murojaatida aytilgan. Prezident murojaati an’anaga ko‘ra barcha yirik Amerika telekompaniyalari tomonidan jonli efirga uzatilgan.
“AQShni sotsializmga chaqirilayotgani bizni tashvishga solmoqda. Amerika davlati majburlash, hukmronlik qilish va nazorat qilish emas, balki erkinlik va mustaqillikka asoslangan”, — deydi Oq uy rahbari.
“Biz erkin tug‘ilganmiz va ozod bo‘lib qolamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
“Biz bugun yana bir marta Amerika hech qachon sotsialistik davlatga aylanmasligini tasdiqlaymiz”, — deydi Tramp.
Izoh (0)