Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Alisher Usmanov tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etilgan 8 million AQSh dollarga teng noyob kitoblar to‘plami Toshkentga yetib keldi, deya xabar beradi “Podrobno”.

Foto: “Podrobno”

Foto: “Podrobno”

To‘plam XIII asrdan boshlab sharqiy va islomiy olamning Yevropadagi ta’siri haqida nashr etilgan lotin, ingliz, fransuz va nemis tillarida nashr qilingan 4923 dona noyob kitoblardan iborat.

Ular orasida Avitsenna “Tibbiyot ilmi qonuni” (Ibn Sino)ning ilk lotincha tarjimasi bor.

Shuningdek, to‘plamda Ibn Arabshohning “Buyuk Temurning buyuk va mo‘jizaviy ishlari tarixi” nomli kitobining lotin tiliga ilk tarjimasi bor.

Islom sivilizatsiyasi Markazi qurilishi tugaguniga qadar kitoblar Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonovning mablag‘lari hisobiga qurilayotgan Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi loyihasi Fransiyaning Wilmotte & Associés kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Ushbu majmua xalqaro standartlarga mos ravishda qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, kutubxona, axborot resurs markazi, ilmiy bo‘lim, konferensiya xonasi, ofis va boshqa binolarni o‘z ichiga oladi.

Uning ramziy poydevorini 2018-yilning iyun oyida O‘zbekiston Prezidenti qo‘ygan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Mahalliy
“Bolang tug‘ilgach ikkovingga benzin quyib, yoqib yuboraman, deb tahdid qilgan” — Farg‘onada erining Matiz’ida o‘zini yoqib yuborgani aytilgan marhumaning yaqinlar...
Mahalliy
O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi