Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan shahridagi 1-sonli ichki ishlar bo‘limi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar, avtoturargohlar, yirik savdo majmualari, bozor va boshqa aholi gavjum joylarga videokuzatuv moslamalarini bosqichma-bosqich o‘rnatish ishlari boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Mazkur bo‘lim shahardagi 393 ta ko‘p qavatli uy joylashgan 8 ta kichik tumanga xizmat ko‘rsatadi.

2018-yil yakuni bilan shahar hududidagi 1390 obyektdan 535 tasiga 1928 ta videokuzatuv kamerasi o‘rnatildi. “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi asosida jami 2780 ta kamera o‘rnatilishi belgilagan.

Moslamalar innovatsion qulaylik sifatida jinoyat va huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish, issiq izida ochishda qo‘l kelmoqda.

Ushbu tadbirlar shahar hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, bunda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish, ayniqsa, ko‘p qavatli uylar oldidagi bolalar maydonchalari, savdo shoxobchalari, avtoturargohlar hamda ko‘p qavatli uylarga kirish yo‘lakchalarini doimiy nazorat qilish va vizual qamrovga olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda