29-yanvar, seshanba kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Google Images

Unga ko‘ra, oqshomning asosiy bahsidan so‘ng janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatildi va unga 500 ming dollar miqdorida jarima solindi. Jangda mag‘lub bo‘lgan Konor Makgregor esa 6 oyga chetlatilib, 50 ming dollar jarimaga tortildi.

Shuningdek, Habibning ukasi Abubakar Nurmagomedov va uning do‘sti Zubayra Tuxugovni ham 1 yilga chetlatishdi. Ularga 25 ming dollardan jarima belgilandi.

Diskvalifikatsiya muddati 6-oktabrdan hisoblanadigan bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!