28-yanvar, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining dastlabki yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Twitter

Unda musobaqaning ikki favoriti — Eron hamda Yaponiya terma jamoalari bahsga kirishadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning chorak finalida Eron terma jamoasi Xitoyni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqadan chiqarib yuborgandi.

Yaponiya termasi esa Vyetnam bilan kechgan chorak final bahsida penaltidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alabani ilib ketdi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi yarim finalchilar ertaga o‘ynaydi. Unda Qatar terma jamoasi BAAga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo Kubogi—2019

28-yanvar, dushanba

1/2 final bahslari

Eron—Yaponiya 19:00

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!