27-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 19-turi doirasida so‘nggi 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida “Shtutgart”ni qabul qildi va yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
1-bo‘limning 5-daqiqasidayoq “Bavariya” yarim himoyachisi Tyago Alkantara hisobni ochgan bo‘lsa, 26-daqiqaga kelib raqib jamoa a’zosi Anastasios Donis hisobni tenglashtirdi (1:1).
2-bo‘limning 55-daqiqasida 1-golga assistentlik qilgan Kristian Gentner o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (2:1). Oradan 10-daqiqa o‘tib, “Shtutgart” darvozasiga penalti belgilandi, ammo Robert Levandovski ushbu vaziyatdan unumli foydalana olmadi. 71-daqiqada Leon Goretska Yosua Kimmix uzatgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi va hisobni yiriklashtirdi (3:1). 84-daqiqaga kelib, Robert Levandovski xatosini to‘g‘irladi va o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (4:1).
Shu tariqa Niko Kovach shogirdlari navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.
“Fortuna D” jamoasi o‘z maydonida “Leypsig”ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
19-tur bahslarida so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
Bundesliga
19-tur bahslari
27-yanvar, yakshanba
“Bavariya”—“Shtutgart” 4:1
Gollar: 1:0 – 5 Alkantara, 1:1 — 26 Donis, 2:1 — 55, avtogol, Gentner, 3:1 — 71 Goretska, 4:1 — 84 Levandovki.“Bavariya”: Noyer, Kimmix, Sule, Hummels, Alaba, Martines (Gnabri, 46), Alkantara, Goretska, Myuller (Rodriges, 74), Levandovski, Koman (Devis, 86).
“Shtutgart”: Siler, Bek, Kabak, Kempf, Insua, Essvayn (Sosa, 90), Gentner, Askasibar, Suber (Didavi, 87), Donis (Tommi, 74), Gonsales.
Ogohlantirishlar: Alaba (32), Gentner (66).
“Fortuna D”—“Leypsig” 0:4
Gollar: 0:1 — 2 Poulsen, 0:2 — 9 Orban, 0:3 — 16 Poulsen, 0:4 — 68 Laymer.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)