AQShning Los-Anjeles shahrida aralash jang qoidalar bo‘yicha Bellator 214 musobaqasi yakuniga yetdi.
Og‘ir vazn toifasidagi final jangida rossiyalik afsonaviy Fyodor Yemelyanenko va amerikalik Rayan Beyder g‘oliblik uchun oktagonga chiqdi.
Besh raundga mo‘ljallangan chempionlik jangi muddatidan avval yakunlandi. Beyder birinchi raunddayoq afsonaviy raqibini chap qo‘lda bergan kuchli zarbasi bilan oktagonga qulatdi. So‘ngra ketma-ket zarbalardan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi. Natijada Beyder ikki karra jahon chempioniga aylandi.
Ma’lumot uchun, bu 42 yoshli Fyodor Yemelyanenko uchun faoliyatidagi 6-mag‘lubiyat bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)