“Jenoa” hujumchisi Kshishtof Pyontek “Milan” klubiga o‘tdi. Bu haqda milanliklarning rasmiy saytida xabar berildi.
23 yoshli futbolchi klub bilan 2023-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma tuzdi.
“Milan” Pyontek uchun “Jenoa” klubiga 35 million yevro to‘ladi.
Polshalik hujumchining maoshi soliq to‘lovlarini hisobga olib, mavsum oxiriga qadar haftasiga 35 ming yevroni tashkil etadi, keyingi mavsumdan esa 40 ming yevro (yiliga, taxminan, 2 million yevro). Shuningdek, shartnomaga qo‘shimcha bonuslar ham kiritilgan.
Hujumchi “Jenoa”da haftasiga 37 500 yevro maosh olgan.
Joriy mavsumda Pyontek A Seriyada 13 ta gol urib, to‘purarlar bahsida Krishtianu Ronaldu, Duvan Zapata va Fabio Kualyarelladan keyingi o‘rinda bormoqda. Ularning hisobida 14 tadan gol mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)