Rasmiy ravishda, kompaniya bozorni tark etmagan bo‘lsa ham, Moskvada yarim yildan beri Ravon mashinalari sotilmayapti. Bu haqda “auto.mail.ru” xabar berdi.

Foto: “auto.mail.ru”

O‘tgan yilning birinchi choragida xuddi Lexus va Lifan kabi Ravon ham har oy 1200-1400 donadan mashina sotgan. Savdo hajmi 152% ga ko‘tarilgan. Odamlar Lada, Datsun yoki Xitoy narxidan arzonroq bo‘lgan o‘zbek brendining modellarini sinab ko‘rgan.

Ular Chevrolet’ning biroz o‘zgartirilgan shakli edi. Ustiga ustak bu mashinalar “O‘zavtosanoat” va General Motors korporatsiyasining qonuniy mahsuloti bo‘lgan.

Ravon R2 oldin Chevrolet Spark deb atalgan, R3 Nexia esa Aveo deb atalgan, R4 rusumi esa Cobalt deb tanilgan edi. Gentra esa Lacetti sedanlari va xetchi dizaynining kesishuvi natijasidir.

Endi esa to‘satdan Ravon savdosi to‘xtab qolgan. Aprel-may oylarida bor-yo‘g‘i 500 ta avtomobil sotilgan. Iyun oyidan boshlab Rossiyada birorta Chevrolet sotilmagan. Kompaniya avtomobillarni yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yishni vaqtinchalik holat deb atagan. Vaziyatni “narx-navo siyosatini qayta ko‘rib chiqish” deb izohlagan.

Kompaniyaning yangi rahbariyati biznes-modelni to‘liq o‘zgartish, mahalliylashtirish, eksport qilish, sarf-xarajatlarni kamaytirish, korruptsiyani yo‘qotish va foydaga salbiy ta’sir barcha muammolarni, shu jumladan ehtiyot qismlarni yetkazib berishni ham yo‘lga qo‘ymoqchi.