O‘zbekistonda retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasi yettinchi qismiga tegishli tuzatishlarni kiritish taklif qilinmoqda. Qonun loyihasi muhokama qilish uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.
Ushbu norma dispozitsiyasiga yana ikkita huquqbuzarlikni kiritish taklif qilinmoqda:
- retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalarini bemorga retsept rasmiylashtirmay tayinlaganlik;
- retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalarini dorixonalarda retseptsiz sotganlik.
Eslatib o‘tamiz, Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati mavjud. Ro‘yxat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har yili yangilab boriladi. Ayni paytda unda 188 ta monopreparat va 1085 ta majmuaviy preparat bor. Ushbu ro‘yxatda qayd etilmagan barcha dori vositalarini dorixonalar faqat retsept (farmatsevtika sohasida ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dorivor preparatni tayyorlash va (yoki) berish hamda uni qo‘llash usuli haqida shifokor bergan yozma ko‘rsatma, tahr.) bo‘yicha sotishi kerak.
Izoh (0)