Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov karyerasini yakunlagunga qadar kimlar bilan jang qilishni istayotgani haqida gapirdi. Bu haqda BJ Penn xabar berdi.
“Hozircha kimlar bilan jang qilishimni aniq bilmayman. Ammo Jorj Sen-Pyer, Toni Fergyuson va Floyd Meyvezer bilan kim ham jang qilishni xohlamaydi deysiz? Bu yigitlar bilan jang o‘tkazganimdan so‘ng sportni barcha davrlarning eng buyuk jangchisi sifatida tark etishim mumkin.
Jorj Sen-Pyer — juda mashhur hamda qiyin raqib. U menga nisbatan biroz gavdaliroq. Agar biz yengil vazn toifasida jang qilsak, uning vazni — yarim o‘rta vazn, shunda u mendan og‘irroq bo‘ladi. O‘ylashimcha, Jorj bilan yengil vaznda jang qilish — aqlli qaror.
Bu jang merosim, muxlislarim, mablag‘im, hamma narsam uchun foydali bo‘ladi.
Uning kelajakdagi rejalari haqida bilmadim, lekin men uni hurmat qilaman.
O‘ylaymanki, u — UFC olamidagi buyuk jangchi, u nafaqat to‘r ichida, balki tashqarisida ham chempion. Albatta, bu jang men uchun qiziq.
Meyvezerning yoshi o‘tdi. Agar boks olamidagi yosh sportchilar haqida gapiradigan bo‘lsam, ularga qarshi jang qilish men uchun juda murakkab. Kanelo Alvarez yoki Gennadiy Golovkinni oladigan bo‘lsak, bu yigitlar — xavfli. Meyvezer esa yoshi katta: 41 yoki 42 yoshda.
Lekin u juda mashhur. Agar shunday katta baliqni qarmoqqa ilintiradigan bo‘lsak, nima uchun yo‘q deyishimiz kerak? Ko‘pchilik jangda yoshning ahamiyati haqida tushunmaydi. Biz Floydning boksdagi rekordini tortib olishimiz mumkin (50 ta jang, 50 ta g‘alaba), chunki u juda ham qari va kichik. Meyvezerga qarshi jang o‘tkazishim kelajagim, mablag‘im, muxlislarim uchun ham aqlli qaror bo‘ladi” — dedi Habib.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)