20-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining nimchorak final bahslari doirasida navbatdagi o‘yin yakunlandi.
Unda musobaqa favoritlaridan biri Eron terma jamoasi Ummon termasi bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvning 34-daqiqasida eronlik Alirizo Jahonbaxsh raqib o‘yinchisi xatosidan unumli foydalanib, Ummon termasi darvozasini ishg‘ol qildi (1:0). Oradan 7 daqiqa o‘tib, Ashkan Dejaga penaltidan gol urdi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa Eron termasi Ummonni mag‘lub etib, musobaqaning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Keyingi bosqichda Eron terma jamoasi Xitoy termasiga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo Kubogi—2019
1/8 final bahslari
20-yanvar, yakshanba
Eron—Ummon 2:0
Gollar: 1:0 — 34 Jahonbaxsh, 2:0 — 41 Dejaga.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)