Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nyu-yorklik Terri Brubeker yo‘ldan bir necha ming dollar topib oldi va uning egasi bo‘lgan beva ayolga qaytirib berdi. Bu haqda Times Union xabar berdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Ma’lum bo‘lishicha, 14-yanvar kuni Brubeyker ko‘chada ketayotib yo‘lda pullar sochilib yotganini ko‘rgan. U pullarni yig‘ib, politsiyaga olib borgan. Ayol yig‘ib olgan pullar sakkiz ming dollar chiqqan, qolgan pullarni boshqa odamlar olib ketgan bo‘lgan.

Shu vaqtning o‘zida politsiya mahkamasida Kim Stingburg 8,5 ming dollar puli yo‘qolganligi haqida ariza yozayotgan bo‘lgan. U jiyanini bolalar o‘rindig‘iga joylashtirayotgan paytda konvertga solingan pullarni tasodifan mashinasi tomida qoldirib ketganligini aytgan.

U pulning bir qismini otasiga qarashli mol-mulk solig‘ini to‘lashga, qolgan qismini esa eri bilan asal oyini o‘tkazish uchun dengiz sayohatiga sarflamoqchi bo‘lgan. Lekin eri oktabr oyida avtohalokat oqibatida halok bo‘lgan.

Stinburg minnatdorchilik sifatida pulning bir qimini Brubeykerga bermoqchi bo‘lgan, lekin u ketib qolgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda