“Roskosmos” davlat korporatsiyasi ayol kosmonavtlarning otryadini tashkil qiladi, deya xabar beradi “Meduza”.
Otryadga nomzodlar raketa va kosmik sohada faoliyat yuritadigan yosh mutaxassis ayollar orasidan tanlab olinadi.
Kosmonavt ayollarni Yer orbitasiga hamda “bo‘lg‘usi oy missiyalari” uchun tayyorlashadi. Shuningdek “Roskosmos” skafandrni ham ayollarga moslab modifikatsiya qiladi.
Ayni damda “Roskosmos” kosmonavtlar otryadida faqat bir nafar ayol bor — kosmonavt-sinovchi Anna Kikina. U biror marta ham parvoz qilmagan.
Hozirda Rossiya tomonidan Kosmosga yuborilgan ayollar soni to‘rt nafarni tashkil qiladi, NASA’da esa — 50.
Izoh (0)