16-yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya Superkubogi uchun Massimiliano Allegri boshqaruvidagi “Yuventus” klubi Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Milan” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Mazkur o‘yinda Krishtianu Ronalduning 61-daqiqada kiritgan yagona goli turinliklarga g‘alaba keltirdi (1:0).
Bu portugaliyalik futbolchi uchun Italiya klubi safida qo‘lga kiritilgan dastlabki sovrin bo‘ldi.
Italiya Superkubogi
16-yanvar, chorshanba
“Yuventus” – “Milan” 1:0
Gol: 1:0 – 61 Ronaldu.“Yuventus”: Shesni, Bonuchchi, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Kellini, Bentankur (Bernardeski, 86), Pyanich (Jan, 65), Matuidi, Duglas Kosta (Hedira, 89), Ronaldu, Dibala.
“Milan”: Donnarumma, Sapata, Rodriges, Kalabriya, Romanyoli, Lukas Paketa (Borini, 71), Bakayoko, Kastilyexo (Iguain, 71), Kessiye, Chalxono‘g‘lu, Kutrone (Konti, 79).
Ogohlantirishlar: Chalxono‘g‘lu (21), Aleks Sandro (26), Pyanich (44), Kastilyexo (45), Rodriges (87), Dibala (90).
Chetlatish: Kessiye (73).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)