Rossiyaning Irkutsk viloyatida yuk poyezdining 29 ta vagoni relsdan chiqib ketishi oqibatida Transsibir temir yo‘l magistrali yopib qo‘yildi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ko‘mir ortilgan vagonlar izdan chiqib ketgan. 12-yanvar kuni yuz bergan voqea oqibatida temiryo‘lning 300 metrlik qoplamasiga zarar yetgan.
Falokatga uchragan poyezd sostavi jami 67 vagondan iborat bo‘lgan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, voqeada hech kim jabrlanmagan.
Izoh (0)