13-yanvar, yakshanba kuni Osiyo Kubogi 2-turidan o‘rin olgan KXDR—Qatar o‘yini o‘tkaziladi.

Foto: Google Images

Mazkur bahsga OFK tomonidan uch nafar o‘zbekistonlik mutaxassis hakamlikka tayinlandi.

Uchrashuvni shri-lankalik Xettikankanamge Dilan Perere boshqarib boradi. O‘zbekistonlik Jahongir Saidov ikkinchi qanot hakami vazifasini bajaradi. Darvoza ortida Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev ishlaydi.

Osiyo Kubogi—2019

2-tur bahsi

13-yanvar, yakshanba

KXDR—Qatar 16:00

Bosh hakam: Xettikankanamge Dilan Perera (Shri-Lanka).

Qanot hakamlari: Deniye Xematunga (Shri-Lanka) va Jahongir Saidov (O‘zbekiston).

Darvoza ortidagi hakamlar: Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev (ikkisi ham O‘zbekiston).

Zaxira hakami: Metyu Krim (Avstraliya).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!