AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi erkak lotereyada yutuqqa ega bo‘lganidan keyin bu haqda qo‘shnisiga maqtangan. Biroq u lotereya tashkilotchilarining ofisiga yutuqni olish uchun kelganda, unga hech narsa yutmaganligi aytilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Erkak uning chiptasi 10 ming dollar olib kelishiga ishonchi komil bo‘lgan va o‘z qo‘shnisidan shubhalanib, politsiyaga murojaat qilgan.

Politsiya tomonidan ma’lum qilinishicha, erkakning qo‘shinlaridan biri haqiqatan ham chiptani almashtirib qo‘ygan va yutuqli chiptaning yutug‘ini qo‘lga kiritishga uringan. Shu bilan birga, g‘olibga tegishi kerak bo‘lgan yutuq 10 ming emas, balki 10 million dollar ekanligi ham ma’lum bo‘lgan.

Chiptani o‘g‘irlagan qo‘shni pullarni naqdlashtirayotgan vaqtda qo‘ga olingan, pullar esa ularning haqiqiy egasiga qaytarilgan.